Foto: SamTUIT

Shuningdek, mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida ma’lumotlar haqidagi fan, ulkan ma’lumotlar, sun’iy intellekt kabi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlashni nazarda tutgan holda, axborot – kommunikasiya texnologiyalari va raqamli iqtisodiyot sohasidagi o‘quv dasturlari qayta ko‘rib chiqiladi.

Qolaversa, davlat dasturida mas’ul vazirlik tomonidan ikki oy muddatda axborot texnologiyalari sohasida xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan shaxslarni qo‘llab – quvvatlash va rag‘batlantirish tizimini yaratish bo‘yicha Hukumatga takliflar kiritish belgilangan.

Bunda, axborot texnologiyalari sohasida xalqaro sertifikat olish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga xarajatlarni davlat tomonidan qoplash, axborot texnologiyalari sohasida xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan shaxslarning respublika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish nazarda tutiladi.