Janubiy Koreya 1-avgustdan boshlab haftalik Incheon-Moskva reysini qayta tiklamoqchi, ammo tafsilotlar hali ham muhokama qilinmoqda, deya xabar berdi RIA Novosti Koreya Respublikasi transport vazirligiga tayanib.

Foto: Sputnik

“Hozircha tafsilotlar ko’rib chiqilmoqda, haftada bitta reys qayta tiklanadi deb taxmin qilinmoqda (Incheon – Moskva, Aeroflot). Birinchi parviz Janubiy Koreyadan 1-avgustga rejalashtirilgan, ammo hozircha yozma qaror yo’q”, – deb xabar berdi RIA Novostiga Koreya Respublikasi transport vazirligining Xalqaro aviatsiya boshqarmasi.

Ayni vaqtda Rossiya yana 30 ga yaqin mamlakat bilan parvozlarni tiklash boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, mart oyida Rossiya pandemiya tufayli oʻz chegaralarini yopib qoʻygan edi. Parvozlarni qayta tiklash boʻyicha muzokaralar iyul oʻrtalaridan boshlab davom etmoqda.

Mavzuga doir:
Rossiya 1-avgustdan xalqaro avia qatnovlarni tiklaydi
1-sentabrdan Rossiyaga doimiy aviareyslar tiklanadi
Rossiya 15-iyuldan xalqaro reyslarga qo’yilgan cheklovlarni olib tashlashni boshlaydi

Rossiyada hozirga kelib infeksiya yuqtirib olganlar soni 800 mingdan oshdi, qurbonlar esa 13 ming 46 nafarni tashkil etmoqda.