Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida yashagan 37 yoshli D.T. da (erkak) isitma, umumiy holsizlik va quruq yo‘tal paydo bo‘lgach, joriy yil 10-iyul kuni respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Foto: Google

Aniqlanishcha, unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir respirator distress sindrom tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, miya shishi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, bemorda semizlikning 3-darajasi, yurak ishemik kasalligi kabi hamroh kasalliklar ham bo‘lgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, miya shishidan vafot etgan.