Bu haqda Bosh vazir Jan Kasteks Parijdagi Roissi-Sharl de Goll aeroportiga tashrifi chog’ida ma’lum qilgan.

Foto: RFI

Mazkur davlatlar ichida Jazoir, AQSh va Turkiya ham bor. Majburiy sinovlar 1-avgustdan kechiktirmasdan boshlanadi.

Fransiyaga ushbu mamlakatlardan kelgan sayohatchilar salbiy koronavirus testi sertifikatini taqdim etishlari kerak, aks holda ular aeroportda sinovdan o’tkaziladi, dedi Kasteks.

Ro’yxatdagi mamlakatlarning ba’zilarida populyatsion sinov strategiyasi yo’q yoki sinov topshirish qiyin, deydi Kasteks. Shuningdek, Bosh vazir agar sinov ijobiy bo’lsa, sayohatchilar ikki hafta davomida karantinada bo’lishini aytgan.

Fransiya hukumati mamlakatda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ko’payayotganini aytgan, so’nggi 24 soat ichida 1100 dan ortiq yangi holat aniqlangan. Sog’liqni saqlash vazirligi bunga sabab aholining xavfsizlik choralariga rioya qilmaslikidir deb ta’kidlashmoqda.

Ayni vaqtga kelib, mamlakatda infeksiya yuqtirib olganlar soni 180,528 kishini, qurbonlar esa 30,192 tani tashkil etmoqda.

Mavzuga doir:
Fransiyada niqob taqish majburiy etib belgilandi
Fransiyalik olimlar koronavirusni “o‘ldiruvchi” mahsulotni aniqlashdi
Fransiyaga yangi Bosh vazir tayinlandi

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 15,6 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 638 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.