Davlat xizmatlari agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Akramov Zafarjon Chori o‘g‘li vafot etdi.

Akramov Zafarjon

Davlat xizmatlari agentligi xabariga ko’ra, Zafarjon Akramov haqida faqat iliq fikrlar qoldi.

Ko‘p yillar malakali huquqshunos sifatida xalq xizmatida bo‘lgan, prokuratura idoralarida faoliyat yuritgan Zafarjon Akramov 2018-yilning mart oyidan Davlat xizmatlari agentligi sohasiga kirib kelgan.

Davlat xizmatlari agentligi jamoasi Davlat xizmatlari agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Akramov Zafarjon Chori o‘g‘lining bevaqt vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi, deyiladi xabarda.

Xabarda marhum vafotining sabablari ma’lum qilinmagan. 

Mavzuga doir:
O‘zbekiston davlat akademik katta teatri bosh rassomi olamdan o’tdi
O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo Yusupov 99 yoshida olamdan o’tdi
Davlat turizm qo’mitasining sobiq raisi olamdan o’tdi