AQShning Florida shtatida koronavirusga chalinganlar soni 400 ming nafardan oshib ketdi — bu haqda mahalliy SSV xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

“Worldometer” ma’lumotlariga ko‘ra, aniq raqamlar — 402 312 ta holat. Kechagi sananing o‘zida 12 444 ta yangi holat aniqlangani ham shtatda pandemik ahvol qanchalik og‘irligini ko‘rsatmoqda

Shtat virusning kunlik qayd etilishi bo‘yicha AQShda — birinchi o‘rinda!

Florida aholisi 21 million kishi. Shtatda yashovchi har 52-inson koronavirusni yuqtirgan! Agarda Florida alohida davlat bo‘lganida koronavirusni yuqtirishlar soni bo‘yicha dunyoda 6-o‘ringa chiqardi.

Kasallikni yuqtirganlarning 5653 nafari vafot etgan. Bemorlarning 355 939 nafari (88 foiz!) davolanishda.

Floridadan ham og‘irroq vaziyatni o‘tkazgan va o‘tkazayotgan shtatlar — Kaliforniya (440 429 ta holat) va Nyu-York (438 402 ta holat). O‘lim holatlari esa yettita shtatda Floridadagidan ham ko‘p: Nyu-York (32 662), Nyu-Jersi (15 837), Massachusets (8 484), Kaliforniya (8 264), Illinoys (7 577), Pensilvaniya (7 183), Michigan (6 400).

Mavzuga doir:
Amerikalik shifokor COVID-19’ga qarshi eng yaxshi vositani ma’lum qildi
Antarktida sohillarida insoniyat sivilizatsiyasiga xavf soluvchi tahdid paydo bo‘ldi

AQSh bo‘yicha jami 4 236 874 ta holat (jahondagiga nisbatan 26,6 foiz) qayd etilgan, qurbonlar soni — 148 259 nafar, 2 milliondan ortiq bemor davolanishda.