Davlat soliq organlari tizimida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda DSQ axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Google

Davlat soliq qo‘mitasi buyrug‘iga ko‘ra:

Qadirov Zaripbay Qudaynazarovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Zaripbay Qadirov 1971-yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanida tug‘ilgan. 1992-y. Shumanay sovxoz texnikumini, 2007-yil Nukus davlat pedagogika institutini tamomlagan.

U soliq organlaridagi mehnat faoliyatini 1996-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani davlat soliq inspeksiyasi bosh hisobchisi lavozimidan boshlagan.

Z.Qadirov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Shumanay tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Zaripbay Qadirov Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.

Muhamedov Sanjar Tolibovich Buxoro viloyati, Buxoro tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Sanjar Muhamedov 1988-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2009-y. Oliy harbiy bojxona institutini tamomlagan.

U soliq organlaridagi mehnat faoliyatini 2012-yilda Buxoro viloyati Shofirkon tumani davlat soliq inspeksiyasi Soliq qarzini majburiy undirish sho‘’basi davlat soliq katta inspektori, sho‘’ba boshlig‘i lavozimidan boshlagan.

S.Muhamedov yangi lavozimga tayinlangunga qadar DSQ Strategik rivojlantirish boshqarmasi Zamonaviy soliq ma’murchiligini joriy etish bo‘limi davlat soliq bosh inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Sanjar Muhamedov Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.

Ro‘zimov Jalolbek Nurullayevich Xorazm viloyati Hazorasp tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Jalolbek Ro‘zimov 1985-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. 2007-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

U soliq organlaridagi mehnat faoliyatini 2008-yilda Hazarasp tumani davlat soliq inspeksiyasi Yakka tadbirkorlarni soliqqa jalb qilish va uchastka inspektorilari sho‘’basi davlat soliq inspektori lavozimidan boshlagan.

J.Ro‘zimov bunga qadar Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Jalolbek Ro‘zimov Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.

Sattarov Raxmatilla Muhamadiyevich Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etil tayinlandi.

Raxmatilla Sattarov 1970-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 1993-yilda Toshkent moliya institutini, 2009-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

U soliq organlaridagi mehnat faoliyatini 1994-yil Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bo‘limi inspektori lavozimidan boshlagan.

R.Sattarov bunga qadar Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Soliq qarzini undirishni tashkil qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Raxmatilla Sattarov Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi.

Mavzuga doir:
Surxon davlat qo‘riqxonasiga direktor tayinlandi
Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Xudayqulov Laziz Eshquvatovich Qashqadaryo viloyati Muborak tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Laziz Xudayqulov 1982-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 2012-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

U soliq organlaridagi mehnat faoliyatini 2005-yilda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani davlat soliq inspeksiyasi Navbatchi qism navbatchisi lavozimidan boshlagan.

L.Xudayqulov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Laziz Xudayqulov Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.