Surxondaryo viloyatida oʻqishga kiritish evaziga 5000 AQSh dollari talab qilgan Universitet assistenti ushlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Foto: Sputnik

Xabarda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, I. Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali oʻquv boʻlimi xodimi A.O. fuqaro S.R. ni yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 5000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tadbir jarayonida A.O. qilgan ishidan pushaymonlik bildirib, jinoyatni fosh etishda faol yordam koʻrsatishi haqidagi murojaatiga asosan tezkor tadbir davom ettirilganda, I. Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali oʻquv boʻlimi assistenti J.D. fuqaro S.R. ni oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 5000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mavzuga doir:
Xorazmda yer olib berishni vada qilgan hokimlik vakili $8000 bilan ushlandi
Kitob tumani SEOM boshlig‘i pora bilan ushlandi
SamDUga kiritib qo’yish uchun 6000 dollar so’ragan shaxs ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Universitet xodimi A.O. va assistenti J.D.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi va211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.