RF Sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko Rossiyada koronavirus tufayli barcha cheklovlar olib tashlanishi fevral oyida amalga oshirilishi kutilayotganini tasdiqladi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Foto: TASS

“Ha, biz bu yoʻnalishda harakat qilmoqdamiz, populyatsion immunitetni shakllanishi, shu jumladan, dori-vositalari yordamida amalga oshishini istardik, shundan keyin odatiy hayotga qaytishning yangi bosqichiga oʻtayotganimizni hotirjam aytishimiz mumkin”, – dedi Murashko.

Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbari shuningdek, hozirda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti mamlakatlariga COVID-19’ga qarshi Rossiya vaktsinasini yetkazib berish boʻyicha muzokaralar olib borilayotganligini tasdiqladi.

“Xalqaro hamkorlik doirasida bugungi kunda muayyan muzokaralar olib borilmoqda va ular birinchi navbatda vaksina roʻyxatga olinganidan keyin ham davom etadi. Shunda yanada faol oʻzaro hamkorlik amalga oshadi, hozirda, shu jumladan, parallel ravishda ishlab chiqarishni kengaytirish uchun tayyorgarlik bosqichi olib borilmoqda”, – dedi Murashko.

Vazir vaksina yangi ixtiro boʻlganligi sababli uni bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilganligini taʼkidladi.

Mavzuga doir:
Rossiya 1-avgustdan xalqaro avia qatnovlarni tiklaydi
1-sentabrdan Rossiyaga doimiy aviareyslar tiklanadi
Rossiya 15-iyuldan xalqaro reyslarga qo’yilgan cheklovlarni olib tashlashni boshlaydi

Rossiyada hozirga kelib infeksiya yuqtirib olganlar soni 800 mingdan oshdi, qurbonlar esa 13 ming 46 nafarni tashkil etmoqda.