O‘zbekistonda Qurbon hayiti 31-iyul kuni nishonlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorini imzoladi.

Foto: Google

Unga ko‘ra, 2020-yil muborak Qurbon hayitining birinchi kuni shu yil 31 iyul kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilingan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari tomonidan dunyo ulamolari va yirik fatvo markazlarining hijriy 1441-yil Zulhijja oyining birinchi kuni 2020-yilning 22-iyul kuniga to‘g‘ri kelgani hamda 31-iyul zulhijja oyining 10-kuni bo‘lib, Qurbon hayitining birinchi kuni bo‘lishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tayangan holda 2020-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni shu yil 31 iyul, juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida xulosa qilingan.

Mavzuga doir:
Qurbon hayiti 31-iyulga to‘g‘ri keladi
Rossiya musulmonlari Qurbon hayitida muhtojlarga yordam beradi
Qozog’istonda qurbonlik uchun onlayn buyurtma beradigan sayt ishga tushiriladi