Foto: Xushnudbek Xudoyberdievning Telegram kanali

Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev bu haqida yozishicha, Forum doirasida TTAni Yevropa tibbiyot maktablari uyushmasi a’zoligiga rasman qabul qilingani to‘g‘risidagi sertifikat Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, professor Laziz Tuychievga tantanali taqdim etildi.

Yevropa tibbiyot maktablari uyushmasi 1979 yilda Yevropa tibbiyot maktablari rahbarlari uyushmasi sifatida tashkil etilgan.

Ushbu yangilik yana boshqa tomondan quvontirdi. QS reytingida TOP – 500 ga kiruvchi Vilnyus universiteti bizning TTAdagi o‘quv jarayonini kredit – modul tizimiga o‘tkazishga yordam beradigan bo‘libdi. Oliy ta’limdagi o‘quv jarayonlarini qancha tez zamonaviy tizimlarga o‘tkazsak, shuncha foyda bo‘ladi. Ayniqsa, bunda yetakchi xorijiy OTMlar bilan yaqin hamkorlik qilish yanada samarali bo‘lishi, shubhasiz.