O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an telefon orqali muloqot qildilar. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Google

Turkiya yetakchisi davlatimiz rahbarini tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

Suhbatda ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Davlat rahbarlari joriy yil fevral oyida Anqara shahrida o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni keng ko‘lamli amalga oshirish muhimligini qayd etdilar.

Savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida o‘tkaziladigan hukumatlararo muloqotlarga muhim e’tibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisiga pandemiyaga qarshi kurashda ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o’tamiz, bugun, 24-iyul O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 63 yoshni qarshiladi.

Mavzuga doir:
Prezident Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot qildi
Elboshi Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi
Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan muborakbod etdi
Jeenbekov ham Mirziyoyevni tavallud kuni bilan qutladiTojikiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyevni Turkmaniston rahbari ham tabrikladi
Qozog’iston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan qutladi