Joriy  yil 23-24-iyul kunlari Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Yevropa davlatlarida vaqtincha bo‘lib  turgan va COVID-19 tufayli yurtimizga qayta olmagan vatandoshlarimiz Toshkent-Frankfurt-Toshkent yo‘nalishidagi maxsus reys bilan Vatanga qaytarildi.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi tomondan tashkil etilgan mazkur charter reys bortidan Germaniya, Shvetsiya, Shveysariya, Chexiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Norvegiya va Belgiyada bo‘lib turgan 200 nafar talaba, sayyohlar, qarindoshlarining uylarida vaqtincha bo‘lib turgan yurtdoshlarimiz, shuningdek yurtimizdagi turli ishlab chiqarish koorxonalarining xorijiy mutaxassislari joy olgan.

Mavzuga doir:
Xorijdagi vatandoshlarni olib keluvchi navbatdagi charter reyslar e’lon qilindi
Isroildan charter reys bilan qaytayotganlar karantinni uyda o‘tashlari mumkin
Maxsus charter reyslar orqali AQSh va Kanadadan 257 yurtdoshimiz vatanga qaytarildi

Belgilangan qoidalarga muvofiq barcha yo‘lovchilar 14 kunlik karantinni maxsus muassasalarda yoki o‘z xohishiga binoan Toshkent shahridagi mehmonxonalarda o‘tkazadi.

Frankfurt-Toshkent yo‘nalishida bundan avval tashkil etilgan charter reys bilan 170 nafar yurtdoshimiz Vatanga qaytarilgan edi.