Hodisa joyiga tergov guruhi chiqib, voqea joyini ko‘zdan kechirib, tergovoldi surishtiruv harakatlarini olib bormoqda. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati xabar qilmoqda.

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

Joriy yilning 24-iyul kuni taxminan soat 11:00 larda “Buxoro maxsus suv ko‘rilish” MChJ xodimlari Buxoro viloyati, Buxoro shahar A.Jomiy ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning kanalizatsiya quvurlarini shaharning asosiy kanalizatsiya tizimiga ulash ishlarini olib borayot bo’lgan.

Ishchilar 47 yoshli A.K. va 45 yoshli S.b., quvurlarni montaj qilish jarayonida kanalizatsiyadan chiqayotgan gazlardan zaharlanishlari oqibatida sog‘ligining yomonlashganligi sababli hushidan ketganligi uchun ularning sherigi 27 yoshli Z.Sh., ularga yordam berish maqsadida kanalizatsiya quvuriga tushadi.

Ta’kidlanishicha, u ham kanalizatsiyadan chiqayotgan gazlardan zaharlanib hushidan ketganligini ko‘rib, ularning yana bir sherigi 41 yoshli S.A., yordam berish maqsadida ushbu quvurga tushib zaharlanishdan hushidan ketgan.

Atrofda to‘plangan aholi tomonidan faqatgina S.A., gina qutqarib qolingan bo‘lib, uning sheriklari 47 yoshli A.K., 45 yoshli S.b. va 27 yoshli Z.Sh.,lar esa hodisa joyida kanalizatsiyadan chiqayotgan gazlardan zaharlanib vafot etgan.

Mavzuga doir:
Buxoroda kuyovi bilan janjallashib turgan qudani ajratmoqchi bo’lgan ayolning o’zi do’pposlandi
Buxoroda o‘zlarini Agentlik xodimi va jurnalistman deb firibgarlik qilganlar ushlandi
Buxoroda yosh yigit o‘z “shishadoshi”ni urib o’ldirib qo’ydi

Qayd etilishicha, hozirda fuqaro S.A., shifoxonaga yotqizilgan.

Qo’shimcha qilinishcha, hodisa joyiga tergov guruhi chiqib, voqea joyini ko‘zdan kechirib, tergovoldi surishtiruv harakatlarini olib bormoqda.