Foto: Google

Joriy yil 24 fevral kuni soat 22.40 da Sergeli tumani Lutfikor ko‘chasida “Matiz” rusumli avtomobil haydovchisi 49 yoshli Ahmadjon T. spirtli ichimlik ta’siri ostida bo‘la turib yo‘l chetida turgan piyodani urib yuborib, 27 yoshli Ravshanjon E. boshqaruvidagi “Cobalt” avtomobiliga va 29 yoshli Ikrom X.ning “Spark” avtomobiliga to‘qnashgan. YTH natijasida “Cobalt” avtomobili haydovchisi Ravshanjon E. va 29 yoshli piyoda Nodir S.lar tan shikastlari bilan tibbiy yordam uchun murojaat qilishdi. YTH sababi: “Matiz” haydovchisi avtomobilni mast holatda boshqargan.

Hurmatli haydovchilar! Spirtli ichimlik ta’siri ostida aslo avtomobil boshqarishga urinmang. YTHga sabab bo‘lmang, deyiladi xabar so’ngida