Mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 24-iyul kuni soat 13:20 larda, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo‘lining 998-kilometrida haydovchi K.V. boshqaruvida bo‘lgan “Traller” rusumli yuk avtomashinasiga “Yuk ko‘targich” maxsus texnikasini ortib harakatlanayotgan vaqtida, haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yuk avtomashinasi ag‘darilgan.

Foto: YHXBB axborot xizmati

IIV YHXBB axborot xizmatining xabariga ko‘ra, ag‘darilish natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mavzuga doir:
Sirdaryoda “Captiva” ag‘darilib ketishi oqibatida haydovchi vafot etdi
Toshloq tumanida “Spark” avtomobili piyodani umriga zomin bo‘ldi

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.