Koronavirus tashxisi qo‘yilgan amerikaliklar soni 4 milliondan oshdi. Dunyo bo‘ylab koronavirusga doir statistikani real vaqt rejimida yuritadigan Jon Xopkins univeristeti ma’lumotlari bundan darak bermoqda. 

Foto: RBK

AQShda COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan beri jami 4 034 102 kishi ushbu kasallikni yuqtirgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat dunyoda birinchi o‘rinda turadi.

Qo‘shma Shtatlardan keyin Braziliya (2,3 millionga yaqin), Hindiston (1,3 millionga yaqin), Rossiya (800 ming) va Janubiy Afrika (408 ming) turadi. Umuman olganda, universitet ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 15,4 million kishi COVID-19 infeksiyasiga chalingan.

Shuningdek, Qo‘shma Shtatlarda bu virusni yuqtirgan 144 222 kishi vafot etgan. O‘limning ko‘p qismi Nyu-York shtatida qayd etilgan (32,5 ming), Nyu-Jersi shtatida yana 15,7 ming kishi va Massachusets shtatida 8,4 ming kishi vafot etgan.

Mavzuga doir:
Amerikalik shifokor COVID-19’ga qarshi eng yaxshi vositani ma’lum qildi
Germaniya pandemiyaga qarshi kurashda AQShning katta xatosini aytdi
AQSh Mudofaa vaziri Xitoyga tashrif buyurmoqchi

22-iyul, chorshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashishi mumkinligini tan oldi.

Shuningdek, u barcha amerikaliklarni, agar ular ijtimoiy masofani ushlab tura olmasa, niqob kiyishga da’vat etgan. Prezidentning o‘zi birinchi marta niqobli holda iyul oyida Uolter Rid kasalxonasiga tashrif buyurganida omma oldida ko‘ringan edi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 15,4 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 632 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.