Foto: RBK

“Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, olingan tahlil natijalari Erondan Bahrayn orqali kelgan podshohlik fuqarosida koronavirus borligini tasdiqladi. Ushbu inson bilan aloqada bo‘lganlar ham tekshirilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Erondan Bahraynga qaytgan to‘rt nafar Saudiya Arabistoni fuqarosida ham koronavirus aniqlangan edi. Bahrayn hukumati bilan kelishuvga ko‘ra, ular o‘sha yerda davolanadigan bo‘lgan. Shuningdek, Saudiya Arabistoni koronavirus sababli Umra ziyoratchilarining mamlakatga kirishini vaqtinchalik taqiqlagan.