Oshqozon yarasi, gastrit, jig‘ildon qaynashiga qarshi keng qo‘llaniluvchi dorilar — proton pompa ingibitorlari (PPI) koronavirus infeksiyasi og‘ir o‘tishiga sababchi bo‘lishi mumkin. “Izvestiya” xabariga ko‘ra, bu haqda Bruklin universiteti olimlari ilmiy maqola yozishdi.

Foto: Sputnik

Ular o‘tkazgan tadqiqotda qamrab olingan kovid-bemorlarning 15,6 foizi yuqoridagi dorilardan (“Omeprazol”, “Doksilak”, “Pantoprozol” va boshqalar) iste’molchilari bo‘lishgan.

Bu bemorlar o‘rtasida o‘lim holatlari boshqa guruhdagilarga qaraganda 2,3 baravar yuqoriligi kuzatildi. Qolaversa, ularni O‘SV (o‘pkani sun’iy ventilyasiyalash) qurilmasiga ulab qo‘yish ehtimoli 2,5 karra oshgan.

Rossiyadagi Sechenov universiteti poliklinik terapiya kafedrasi professori Aleksey Buyeverov ham amerikalik hamkasblarining dalillariga qo‘shilgan holda bu dorilarni koronavirusni yuqtirganlar iste’mol qilmagani ma’qul dedi.

“Agarda infeksiya jarayoni faol kechayotgan bo‘lsa, bu paytda PPI iste’molidan voz kechish kerak. Chunki ishtaha ovqat payti keladi — taom kislotalar stimulyatori.

Biz kislotalar ishlab chiqarilishini dorilar bilan susaytirib qo‘ysak og‘iz orqali har xil patogenlar organizmga tushishi mumkin. Bu mavjud kasallik kechishiga ham salbiy ta’sirini ko‘rsatishi mumkin”, — deya tushuncha berdi ekspert.

Mavzuga doir:
“Koronavirusga qarshi bir doza vaksina kamlik qiladi” – Bill Geyts
Rossiya Mudofaa vazirligi koronavirusga qarshi vaksina tayyor bo‘lganini ma’lum qildi
Rossiyada vaksinani sinab koʻrgan koʻngillilar uylariga kuzatildi

Bruklinlik olimlar COVID-19’ning noxush intihosi va PPI qabul qilinishi o‘rtasida qanchalik bog‘liqlik borligini baholash uchun o‘zlari o‘tkazgan tadqiqot hali davom ettirilishi kerakligini alohida ta’kidlashgan.