O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi dam olish kunlari qanday ob-havo kutayotgani haqida ma’lumot taqdim etdi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Bugun O‘zbekistonning markaziy va janubi-sharqiy hududlariga Volgabo‘yi rayonlari ustida shakllangan nisbatan salqin va kam nam havo oqimi kirishi davom etmoqda.

Respublikamiz hududining katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat Toshkent viloyati bo‘yicha, respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlarida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Harorat 35-38 daraja atrofida bo‘ladi, janubda ayrim joylarda 40-42 darajagacha yetishi mumkin.

Dam olish kunlari butun mamlakatimiz hududiga Turkmanistondan yana issiq va quruq havo oqimi kirishni boshlaydi.

Respublika hududining katta qismida ob-havo kam bulutli va quruq bo‘ladi, faqat ayrim tog‘oldi va tog‘li joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Mavzuga doir:
25-iyul kuni yurtimizda kutilayotgan ob-havo ma’lumotlari
Nega yuqori havo haroratida ham koronavirusning faolligi oshib bormoqda?
Meteorologlar iqlim yaqin besh yilda qay darajada oʻzgarishini taxmin qilishdi

Kunduzgi harorat 37-40 daraja atrofida bo‘ladi, janubda 42 darajagacha ko‘tariladi, bu yozning shu davri xos bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 2-4 darajaga yuqoridir.