2020-yil 24-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 19,179 (+193) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog’liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

foto: Google

Yangi kasallanish holatlarining 106 nafari Toshkent shahrida, 52 nafari Qashqadaryo viloyatida hamda 35 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar Andijon viloyatida 45 nafar, Navoiy viloyatida 9 nafar, jami 54 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 10,203 (+54) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8872 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.