Kuni kecha Moskvada ozarbayjonlar va armanlar oʻrtasida ommaviy mushtlashuv sodir boʻldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Foto: TASS

Guvohlar mojaroni videoga olishgan.

Videoda bir kishi avtomobil old oynasini sidirayotgani, boshqa kishi esa haydovchini kaltaklayotgani aks etgan.

Keyinchalik Rossiya armanlar uyushmasi rahbari David Tonoyan Facebook sahifasida bu mushtlashuvda uning tanishi pichoqlanganini maʼlum qildi, biroq tavsilotlarini oshkor qilmadi va vatandoshlarini vahimaga berilmaslikka chaqirdi.

Mavzuga doir:
AQSh elchixonasining sobiq binosi oldida o‘ndan ortiq yoshlar ishtirokida mushtlashuv yuz berdi
Yekaterinburgda migrantlar oʻrtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi
Moskvada qurilish ishchilari oʻrtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi

Moskva IIBB maʼlum qilishicha, mushtlashuv Lyublinskaya va Bratislavskaya koʻchalarida sodir boʻldi. 13 kishi qoʻlga olingan.