Gollivud yulduzi Mel Gibson koronavirus testi musbat chiqqanidan keyin bir haftani kasalxonada o‘tkazgan.

Foto: Etonline

Aprel oyida kasallangan 64 yoshli aktyor tez kunlarda batamom sog‘ayib ketganini uning vakillari ham tasdiqlashdi, deb yozmoqda “The Sun”.

Palatadagi yetti kunlik muolajalardan so‘ng olingan bir nechta testlar Gibson sog‘ ekanini ko‘rsatdi. U Kaliforniyada, Los-Anjeles shifoxonasida yotgan.

Mel Gibson kasalini sir tutgani uchun ma’lumoti endi paydo bo‘ldi. Tom Henks va uning rafiqasi Rita Uilson virusni yuqtirgani ma’lum bo‘lganidan keyin Gibson topshirgan test ham musbat chiqqan edi.

Mavzuga doir:
Bishkek shahri hokimida koronavirus aniqlandi
Italiyada futbolchi koronavirus yuqtirib oldi
Braziliyaning ikki vazirida “kovid” aniqlandi