Bugun AOKA huzuridagi shtabda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Odilova ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Foto: Kazinform

Brifingda aholidan tushgan savollarga javob qaytarildi.

Savol: Qoraqalpog‘iston va Surxondaryoda koronavirusdan vafot etgan fuqarolarning kasalligi nega yashirildi?

Javob: Xabaringiz bor SSV tomonidan kasallanganlar haqidagi ma’lumotlar kuniga kamida 4 marta e’lon qilinadi. Kasallikni yashirishdan esa hech qanday mantiq yo‘q. Shu bilan birga, statistik ma’lumotlar shifoxonaga yoki poliklinikaga murojaat qilgan bemorlar bo‘yicha emas, kasallik aniqlanib yakuniy tashxis qo‘yilgan bemorlarga nisbatan qayd qilinadi.

Eslatib o’tamiz, kecha AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov tomonidan avvalgi hafta Qoraqalpog‘istonda 2 nafar shifokor koronavirusdan vafot etgani ma’lum qilingan edi.

Mavzuga doir:
Koronavirus miyani yemirishi, bepushtlikka sabab bo‘lishi rostmi?
Koronavirusdan sog‘aygan bemorlarda qanday asoratlar qolmoqda?
Koronavirusga chalingan bemor isitmani qanday nazorat qilishi kerak?​