O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Vladimir Putin davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan chin dildan muborakbod etib, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi.

Liderlar o‘tgan oyda Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan amaliy uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratdilar.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Mavzuga doir:
Jeenbekov ham Mirziyoyevni tavallud kuni bilan qutladi
Tojikiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyevni Turkmaniston rahbari ham tabrikladi
Qozog’iston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan qutladi

Eslatib o’tamiz, bugun, 24-iyul O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 63 yoshni qarshiladi.