Foto: Google

Davlat dasturiga binoan, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab respublika oliy ta’lim muassasalari talabalariga o‘quv yili davomida teng ulushlarda kamida to‘rt marotaba o‘qish uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi.

Shuningdek, mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan mahalliy hokimliklar bilan birgalikda kasbga o‘qish istagini bildirgan yolg‘iz va ko‘p bolali ayollar, ishsizlar, yoshlar uchun kundalik hayotda ehtiyoj yuqori bo‘lgan sohalar, xususan tikuvchilik, pazandalik, sartaroshlik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha kasbga o‘rgatish kurslari tashkil etiladi.