Checheniston rahbari Ramzan Qodirov AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoga qarshi «uning barcha hisoblarini bloklovchi» sanksiyalar kiritdi. Bu haqda “Grozniy TV” telekanali xabar bergan.

Foto: The Hill

Qodirov ilgari Pompeoni Chechenistonni taklif qilganini esladi, ammo hozir rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u endi bunga haqli emas.

“Mana shu, men taklifnomani bekor qilaman va uning respublikadagi hisoblari berkitilishini e’lon qilaman”, – dedi Qodirov hukumat a’zolari ishtirokidagi yig‘ilishda.

Shuningdek, Qodirov yana bir jiddiy ayblov bilan chiqqan: Jorj Floydning o‘limi va AQShdagi muammolar Trampni ikkinchi muddatga saylash uchun uyushtirilayotgan harakatlardir. 

Mavzuga doir:
Ramzan Qodirov Pompeoni Chechenistonga taklif qildi
Putin Qodirovni general-mayor unvoni bilan mukofotladi
Ramzan Qodirov AQSh davlat kotibini qotillikka buyurtma berishda aybladi

Avvalroq, Checheniston rahbari va uning oila a’zolarining “qora ro‘yxat”ga kiritilgani haqida xabar bergan edik. Qodirov bunga javoban Vashington nima uchun “hech qachon siyosatga aralashmagan” qizlari va turmush o‘rtog‘ini kiritganini tushunmaganligini aytgan.