Epidemiya boshlanganidan beri Rossiyada koronavirus infeksiyasining umumiy soni 800 mingdan oshdi. Bu haqda 24-iyul, juma kuni mamlakatning “Stopkoronavirus RF” Telegram kanali xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Mamlakatda bugun infeksiyaning yangi +5811 ta holati aniqlandi.

Shtab xabarida qayd etilganidek, butun davr mobaynida respublikaning 85 ta mintaqasida 800,849 ta yuqtirish holatlari aniqlangan. Shu bilan birga, jami 13,046 o’lim qayd etilgan, 588,774 kishi infeksiyadan davolandi.

23-iyul holatiga ko’ra, Rossiya 85 mintaqasida 795,038 ta infeksiyani qayd etdi. Xabar qilinishicha, butun davr mobaynida jami 12,892 kishi vafot etgan, 580,330 kishi tuzalib ketgan.

Mavzuga doir:
Rossiya Mudofaa vazirligi koronavirusga qarshi vaksina tayyor bo‘lganini ma’lum qildi
“Rossiya amaldorlari aprel oyidayoq koronavirusdan emlangan” – Bloomberg
Rossiyada aprel oyidan beri birinchi marta 6 mingdan kam yangi infeksiya qayd etildi

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 15,4 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 632 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.