Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov telefon orqali muloqot qildilar. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Google

Sooronbay Jeenbekov Qirg‘iziston xalqi va shaxsan o‘z nomidan davlatimiz rahbarini tug‘ilgan kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi.

O‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi o‘sish nuqtalarini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi, mintaqaviy kooperatsiya va muhim infratuzilma loyihalarni ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Mavzuga doir:
Tojikiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyevni Turkmaniston rahbari ham tabrikladi
Qozog’iston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan qutladi

Eslatib o’tamiz, bugun, 24-iyul O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 63 yoshni qarshiladi.