O‘zbekistonda kuniga 6 milliongacha tibbiy niqoblar ishlab chiqarilmoqda. Niqob ishlab chiqaradigan 275 ta tadbirkorlik subyekti mavjud bo‘lib, bu epidemiya tarqay boshlagan mart oyidagidan 15 karra ko‘proq.

Foto: “O‘zeltexsanoat” uyushmasi axborot xizmati

Bu haqda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbari Ilhom Haydarov “Iqtisodiy tahlil” jurnaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Himoya niqoblari barcha mintaqalarda ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, ular Ukraina, Rossiya, AQSh, Fransiya, Quvayt va boshqa mamlakatlarga eksport qilinmoqda.

Shu bilan birga, ishlab chiqarish hajmi ortib borishi himoya niqoblari narxlariga jiddiy ta’sir qilmadi.

Karantin cheklovlari kiritilgan va butun O‘zbekiston aholisiga niqob taqish majburiy etib belgilangan mart oyidan avval tibbiy niqoblar dorixonalarda donasi 500-1000 so‘m atrofida sotilar edi.

Koronavirus epidemiyasi mamlakatimizda tarqala boshlagach, 20 mart kuni hukumat himoya niqoblarini tibbiy buyumlar ro‘yxatidan chiqardi va uni ishlab chiqarish uchun litsenziya talab qilmaydigan bo‘ldi. SSVning buyrug‘i o‘sha davri uchun dolzarb hisoblangan qaror edi.

Mavzuga doir:
125 dollar: Britaniyada niqob taqmaganlik uchun jarima belgilandi
Niqoblar tufayli insoniyat ekologik falokatga duch kelishi mumkin – Yaponiya OAV
Fransiyada niqob taqish majburiy etib belgilandi

Chunki niqoblar kamyobligi (defitsitligi) sharoitida bozor qonunlari ishladi va uning narxi karrasiga ko‘tarilib, 3000-5000, hatto 10 000 so‘mgacha ko‘tarildi.

Mart oyida niqob ishlab chiqarish kuniga 2 million dona atrofida edi. Mart oyiga nisbatan ishlab chiqarish 3 karra ortganiga qaramay, himoya niqoblari narxi hamon 3000 – 5000 atrofida sotilayotgani qiziq. Iqtisodiyot qoidalari bo‘yicha taklif ortishi bilan mahsulot narxi pasayadi.