Foto: Google

Farmoni bilan Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladigan vazifalar, joriy etiladigan tartib va amaliyotlar belgilandi.

Jumladan, Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida:

– 2020 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatida “Elektron parlament” tizimi joriy etiladi;

– Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yil yakuniga ko‘ra qabul qilingan har bir qonun xalq tomonidan qanday baholangani va uning samaradorlik darajasi monitoring qilinadi;

– 2020 yil 1 iyuldan Qonunchilik palatasi majlislarida davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining qator masalalar yuzasidan axborotlarini muntazam ravishda eshitish tartibi tatbiq qilinadi;

– 2020 yil 1 avgustdan boshlab Senatda O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari hisobotini eshitish, shuningdek, Senat kengashi va qo‘mitalarining sayyor majlislarini o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

– 2020 yil 1 iyulga qadar “Mening fikrim” veb-portalining mobil ilovasi ishga tushiriladi.