O‘zbekistonga Xitoydan 1300 ta kislorod konsentratori, 20 ta PZR sinov apparati hamda virusga qarshi dorilar olib kelindi.

Foto: Dunyo

Ushbu jihozlar Sog‘liqni saqlash vazirligi ixtiyoriga topshiriladi. Vazirlik hududlar ehtiyojidan kelib chiqqan holda ularni taqsimlaydi.

Yaqin orada yana shuncha tibbiyot uskunalari va dori-darmonlar yetkazilishi ma’lum qilindi.

Avvalroq Singapurning “Temasek Foundation” fondi 30 dona “Yuwell 7F-5” kislorod konsentratorini beg‘araz asosda taqdim etgani haqida xabar qilgan edik.

Mavzuga doir:
Belarus sun’iy nafas olish apparatlarini eksport qilishni taqiqladi
O‘zbekiston o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qiluvchi 2300 ta apparat sotib oladi