O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Foto: Sputnik

Tojikiston Prezidenti davlatimiz rahbarini tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

Ikki tomonlama do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining joriy holati va ularni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Avvalroq Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo’mart To’qayev ham tabriklashgani haqida xabar qilgan edik.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Eslatib o’tamiz, bugun, 24-iyul O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 63 yoshni qarshiladi.

Mavzuga doir:
Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidentini tabrikladi
Shavkat Mirzoyoyev Chernogoriya prezidentini tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabartini “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi