Foto: Google

Unga ko‘ra, 2020 yilda hududlarda oliy ta’limning talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarida o‘qitishni tashkil etish, shu jumladan, Toshkent shahrida joylashgan yetakchi oliy ta’lim muassasalarining filiallari ochiladi.

Shuningdek, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab:

– Oliy ta’lim muassasalarida asosiy mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soni ikki baravarga qisqartiriladi;

– O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat buyurtmasi parametrlari bosqichma-bosqich ikki baravarga oshiriladi.

2020 yilda kamida 5 ta oliy ta’lim muassasasi konkurs asosida tanlanib, nufuzli xorijiy oliy ta’lim dargohlari bilan hamkorlikda ularni transformasiya qilish choralari ko‘riladi.