Xitoyning eng yirik gazetasi “Jenmin jibao”ning internet nashri Xitoyda yashovchi Alimixan Seitini dunyodagi eng keksa odam deb yozmoqda.

Foto: Dunyo

Nashrga ko‘ra, yaqinda xitoylik ayol 134 yoshini oilasi va yaqinlari bilan nishonlagan. Alimixan Seiti 1886-yilda Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyati, Qoshg‘ar uyezdi, Yangishar okrugidagi Kumusilike qishlog‘ida tug‘ilgan.

Ayni paytda Alimixan Seiti o‘zi mustaqil g‘arakatlana olmaydi. Shu bois tabarruk yoshdagi onaxonga nabirasi va uning xotini g‘amxo‘rlik qiladi.

Mahalliy shifoxonaning agentlik manbasiga taqdim qilingan tibbiy ma’lumotnomasiga ko‘ra, Alimixan Seitining salomatligida katta muammolar yo‘q. Uning ko‘rish va eshitish qobiliyati ham ancha yaxshi.

Onaxonning tug‘ilgan kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tantanada u o‘zi xush ko‘rgan lag‘mon, qo‘zichoq go‘shtidan tayyorlangan somsa, shuningdek, tarvuzdan tatib ko‘rdi.

Mavzuga doir:
Dunyodagi eng keksa odam uzoq umr ko’rish sirini ochib berdi
Dunyodagi eng keksa erkak vafot etdi
Buyuk Britaniyalik erkak sayyoramizning eng keksa odami deb tan olindi

Tug‘ilgan kuni munosabati bilan bildirilgan tabriklar uchun minnatdorlik bildirib, qo‘shiq aytib berdi.