Qozog‘istonda 1,6 mln. odamga 42 500 tg. yordam puli berildi, deb xabar berdi Kazinform.

Foto: Google

24-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, iyul oyida cheklov choralari joriy etilgani sababli 2 milliondan ko‘proq odamdan ariza kelib tushgan, shundan 1 million 661 mingta ariza rag‘batlantirilib, 1 million 594 ming odamga to‘langan.

Qozog‘iston prezidenti topshirig‘iga binoan, 2020-yil iyul oyida karantin choralari joriy etilishi munosabati bilan ishlaydigan, karantin tufayli daromadidan ayrilgan qozog‘istonliklarga 42 500 tenge (1 048 475 so‘m) miqdorida bir martalik to‘lov amalga oshiriladi.

Mavzuga doir:
Olmaotada 10 kunlik chaqaloq koronavirusdan sog‘ayib ketdi
Olmaotada niqob taqqan avtobus mashhur bo‘lib ketdi

Ayni paytga kelib ushbu mamlakatda infeksiya yuqtirib olganlar soni 78,486 nafarni, kasallik qurbonlari esa 610 kishini tashkil etmoqda.