Hozirda holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB Tergov departamenti tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB axboroto xizmati xabar qilmoqda.

Foto: Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati

Kecha, 23-iyul kuni soat 19:30 larda Sirdaryo viloyati M-34 yo‘lining Toshkent-Termiz yo‘nalishi 111-km. da haydovchi K.Z. o‘z boshqaruvidagi “SINOTRUK HOWO” yuk avtomashinasida qayrilib olish joyida qayrilish manevrini amalga oshirayotgan vaqtida shu yo‘nalishda orqadan katta tezlikda kelayotgan xaydovchi Q.G‘ boshqaruvidagi “Nexia-1” rusumli avtomashinasini to‘xtatib qolaolmasdan yuk mashinasining orqa qismiga kelib urilib YTH sodir etgan.

Natijada “Nexia-1″ rusumli avtomashina haydovchisi shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan. ‘Nexia-1” avtomashinasi 2 nafar yo‘lovchilari esa tan jarohatlari bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.

Mavzuga doir:
Toshloq tumanida “Damas” va “Matiz” to‘qnashishi oqibatida haydovchilardan biri vafot etdi
Toshloq tumanida “Spark” avtomobili piyodani umriga zomin bo‘ldi

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB Tergov departamenti tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.