Qo’shni davlatlarda koronavirus bo’yicha holat qanday? Bu haqda nashrimiz tomonidan tayyorlangan kunlik yangi ma’lumotlar bilan tanishing.

Foto: Aziya-Plyus

2020-yil 24-iyul holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 78,486 kishiga yetdi. Bemorlarning 49,488 nafari butunlay tuzaldi. 610 ta o‘lim holati qayd etildi.

2020-yil 24-iyul holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 921 kishiga ko’payib, jami 31,247 taga ko’tarildi. Infeksiya tufayli o’lim holati 1211 tani tashkil etmoqda. Mamlakatda kasallikdan tuzalganlar esa 18,038 kishiga yetgan.

Tojikistonda esa bugun, 24-iyul holatiga ko’ra, kasallanganlar soni 7060 tani tashkil etmoqda va jami 58 ta o’lim qayd etilgan. Mamlakatda COVID-19’dan davolanganlar soni 5793 nafarga yetgan.

Afg’onistonda 24-iyul holatiga ko’ra, koronavirus bilan bog’liq holatlari soni 35,615 nafarni tashkil etmoqda. 1186 kishi ushbu infeksiya qurboniga aylangan. 23,739 kishi esa kasallikdan sog’aygan.

Turkmaniston davlatida hozirgacha rasman infeksiya qayd etilmagan.

Mavzuga doir:
Tojikistondagi zilzila kuchi Termizda sezildi
Qirg’iziston bosh vazir o’rinbosarlaridan birida koronavirus aniqlandi
Qirg’iziston parlamenti binosi dezinfeksiya uchun yopildi

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 15,4 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 632 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.