Foto: championat.asia

G‘aniyev Dubayning “Shabab al-Ahli” klubiga ko‘chib o‘tdi. “Nasaf” ushbu transfer orqali, taxminan, 5 milliard so‘m ishlab oladi.

“Shabab al-Ahli” klubi 2020-yilgi Chempionlar Ligasida “Paxtakor” bilan bir guruhdan joy olgan. 10-fevral kuni ushbu jamoa Toshkentda mehmon bo‘ladi. OChL guruh bosqichiga futbolchilarni dastlabki o‘yin boshlanishiga 7 kun qolganda ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin. Demak, Aziz bemalol “Paxtakor”ga qarshi maydonga tushishi mumkin.

“Al-Ahli”ni ayni damda argentinalik Rodolfo Arrubarena boshqarmoqda. Klub 14 ta turdan so‘ng BAA chempionatida 35 ochko bilan yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Jamoa bugun, 2-fevral kuni, safarda “al-Fujayra”ga qarshi o‘ynaydi.