Koronavirusni davolashdan ko‘ra virusni yuqtirishning oldini olish osonroq. Shu bois tibbiy niqobni COVID-19’ga qarshi eng yaxshi vosita deb hisoblash mumkin, dedi Arizona universiteti doktori Murtazo Axter.

Foto: SARS-CoV-2 koronavirus tasvirini mikroskop ostida ko’rinishi

Amerikalik mutaxassisning fikricha, vaksina chiqishini kamida to‘rt yil kutishga to‘g‘ri keladi. Shunda ham u barcha kasalliklarga davo bo‘lolmaydi.

“Odamlar grippga qarshi emlanadi, lekin bu ularning gripp bilan kasallanmaydi degani emas. Odamlar profilaktikani unutib, ko‘proq davolanish haqida o‘ylashini xohlamayman.

Unutmang: COVID-19’ni davolagandan ko‘ra, oldini olgan afzal. Buning uchun bizda supervosita bor! U niqob deb ataladi!” — dedi Axter 20-iyul kuni «MSNBC»ga bergan intervyusida.

Shifokorning ta’kidlashicha, niqobni mukammal deb bo‘lmaydi, lekin juda samarali.

U hammani ushbu himoya vositasidan foydalanishga chaqirdi. Garchi ko‘pchilik bunga ishonmasa ham, niqobning foydasi, shubhasiz, bor.

Mavzuga doir:
COVID-19’ni mavsumiy deb aytishga hali erta – olim
Britaniyalik olimlar koronavirusning oltita shaklda kechadigan alomatlarini aniqlashdi
Olimlar koronavirusning eng erta alomatlarini topishdi

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. 

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 15,4 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 632 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.