Xitoy TIV veb-saytida berilgan bayonotga ko’ra, Sichuan provinsiyasining Chendu shahridagi AQSh bosh konsulligi o’z faoliyatini to’xtatishni talab qilmoqda.

Foto: RIA Novosti

Xitoy TIV taʼkidlashicha, bu talab qonuniy va zaruriy javobdir va joriy vaziyat uchun javobgarlik Vashingtonning oʻzining zimmasida.

Avvalroq AQSh Xitoydan Xyustondagi bosh konsullikni yopishni talab qilgan edi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ushbu qarorni siyosiy provokatsiya deb atadi va javob choralarini ko’rishini aytdi.

AQSh Davlat departamenti vakili Morgan Ortagusning so’zlariga ko’ra, Vashington amerikaliklarning intellektual mulki va shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish uchun Xyustondagi XXR Bosh konsulligini yopish to’g’risida buyruq bergan.

Mavzuga doir:
AQSh Mudofaa vaziri Xitoyga tashrif buyurmoqchi
“Xitoy – Markaziy Osiyo” Tashqi ishlar vazirlarining birinchi uchrashuvi bo’lib o’tdi
“Xitoy – Markaziy Osiyo” Tashqi ishlar vazirlarining birinchi uchrashuvi bo’lib o’tadi