Amerika sudi Jorjiya shtati fuqarosini qurol va portlovchi vositalar yordamida Oq uyga hujum qilishga uringani uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Ta’kidlanishicha, Kamming shahrida istiqomat qiluvchi 23 yoshli Xasher Jalol Taxeb Oq uyga terrorchilik hujumini rejalashtirib yurgan. Chunki bu jihodda qatnashish majburiyatlaridan biri bo‘lgani aytilmoqda.

Taxebga nisbatan tergov harakatlari bir yildan ortiq davom etgan. 2018-yil mart oyida mahalliy fuqarolardan biri huquqni muhofaza qilish organlariga yosh yigit radikallashganligi va chet elga borishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir:
Oq uy Rossiyaning Afgʻonistondagi AQSh harbiylari oʻlimiga aloqadorligiga shubha bildirdi
Oq uy kuzdagi koronavirusning ikkinchi to’lqiniga tayyorgarlik ko’rmoqda
Oq uy AQShda irqchilik muammosi mavjudligini tan oldi

2019-yil yanvarda Taxeb FQB agentlari tomonidan hibsga olingan.