Londonda o’nlab yuz niqoblarini sotadigan mashinalar ishga tushirildi.  “Euronews” xabariga ko’ra, tartibni buzganlik uchun 100 funt sterling (taxminan 125 AQSh dollari) jarima solinishi aytilgan.

Foto: DW

24-iyuldan boshlab Angliyadagi do’konlarga (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining ma’muriy-siyosiy qismi) koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish uchun niqob taqishlari shart etib belgilandi.

O’tgan juma kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson joriy yil oxiriga kelib mamlakat normal hayotga qaytishiga umid bildirdi va bundan keyin butun mamlakat bo’ylab karantin joriy etishning hojati bo’lmasligini ta’kidlagan.

Mavzuga doir:
2,5 yevro – Britaniyaning koronavirusga qarshi vaksinasi o‘z tannarxida sotiladi
Britaniya 90 mln. dona koronavirus vaksinasi uchun shartnoma imzoladi
Britaniya COVID-19 qurbonlari to’g’risidagi statistikani e’lon qilishni to’xtatdi

“Worldometers” portalining so’nggi ma’lumotlariga ko’ra, ushbu mamlakatda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish holatlari soni 297,146 kishiga, qurbonlar esa 45,554 nafarga yetgan.