Xitoy Xalq Respublikasi Sog’liqni saqlash bo’yicha davlat qo’mitasining xabarida aytilishicha, o’tgan kun davomida Xitoyda 21 ta koronavirus va 43 asemptomatik tashuvchilarning yangi holatlari aniqlangan, 18 nafar bemor shifoxonalardan chiqarilgan.

Foto: RIA Novosti

Aniqlanishicha, 21 ta yangi holatdan 15 tasi mahalliy (Shinjon-Uyg’ur avtonom viloyatida 13 ta, Liaonin viloyatida ikkita), qolgan oltitasi import qilingan holatlardir.

Umumiy olganda, Xitoyda epidemiya paytida jami 83,750 koronavirus infeksiyasi qayd etildi, 78,873 bemor kasalliklardan sog’aydi, 243 nafar bemor kasalxonalarda qolishmoqda. 4634 kishi kasallik qurboniga aylandi.

Mavzuga doir:
Xitoy Marsni o‘rganish uchun birinchi kosmik kemani uchirdi
AQSh Xyustondagi Xitoy Bosh konsulligini yopishga qaror qildi

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 180 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 15,1milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 622 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.