Hozirda kasallik qayd etilgan jami 18,868 nafar bemordan 10,149 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 53 foizni tashkil etmoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Shu yilning 23-iyul kuni mamlakatimizda 489 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 54 nafari Karantin muassasalarida, 435 nafari tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 3 nafar, Qashqadaryo viloyatida 1 nafar, jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Mavzuga doir:
102-o’lim: Qarshi shahrida koronavirusga chalingan 64 yoshli bemor vafot etdi
101-o’lim: Toshkentda koronavirusga chalingan 54 yoshli bemor vafot etdi
O’zbekistonda koronavirusdan 100-o’lim toshkentlik 82 yoshli bemorda qayd etildi
99-o’lim: Toshkentda koronavirusga chalingan 55 yoshli bemor vafot etdi

Avval xabar qilganimizdek, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Navoiy, Jizzax hamda Qashqadaryo viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida jami 277 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 18 868 nafar bemordan 10,149 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 53 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 617 nafar bemordan 118 nafari og‘ir, 30 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.