Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 63 yoshni qarshiladi. 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 1957-yilning 24-iyulida Jizzax viloyatining Zomin tumanida, shifokor oilasida tug‘ilgan. 1981-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgan. Muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta o‘qituvchi, dotsent, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishlagan. 1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi lavozimiga tayinlangan, 1996–2001 yillarda Jizzax viloyati, 2001–2003 yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Sh.Mirziyoyev 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri etib tasdiqlandi va 2005, 2010, 2015 yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan ushbu lavozimga yana uch marta qayta tasdiqlandi.

Mavzuga doir:
Shavkat Mirziyoyev 200 dan ortiq tibbiyot xodimlarini mukofotladi
Turkiyadan bir guruh professorlar yurtimizga keladi
Prezidentga viloyat hokimlari hisobot berdi

2016-yil sentabrida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov vafotidan keyin vaqtincha davlat rahbariga aylandi, 2016-yilning oktabrida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan prezidentlik uchun saylovga nomzod sifatida ko‘rsatildi, 4-dekabr kuni o‘tkazilgan saylovda mutlaq ustunlikka erishib (88,61 foiz ovoz), O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga aylandi.