2020-yil 23-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18,868 (+165) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog’liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Foto: Dunyo

Yangi kasallanish holatlarining 54 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 96 nafari Toshkent shahrida, 15 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 98 nafar, Samarqand viloyatida 48 nafar, Sirdaryo viloyatida 43 nafar, Namangan viloyatida 28 nafar, Navoiy viloyatida 27 nafar, Jizzax viloyatida 18 nafar, Qashqadaryo viloyatida 8 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7 nafar, jami 277 nafar bemor tuzaldi.

Ayni vaqtga kelib yurtimizda 10,149 (+277) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8617 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.