Foto: Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Ushbu kunda dunyodagi barcha tibbiyot va volontyor tashkilotlari aholi orasida eshitish qobiliyati bilan bog‘lik muammolar xaqida tadbirlar o‘tkazish rejalashtiradilar.

BSST o‘z navbatida, shu tashkilotdagi davlatlarga quloq kasalliklari va eshitish muammolari bo‘lgan insonlarga tibbiy va kasallikni oldini olish bo‘yicha yordam ko‘rsatish milliy dasturni ishlab chiqib amalga oshirishda ko‘maklashadi.

Bugungi kunda eshitish qobiliyatini yo‘qotish kasalligi dunyoda keng tarqalgan sensor shakligidagi nogironlik xisoblanadi. Quloq kasalliklarini asosiy sabablari quloq surunkali infeksiyasi va qator kasalliklar: qizilcha, qizamiq, tepki, meningit, -yana dori vositalar ta’siri, atrof muxit faktorlaridan biri shovqin.

Shifokorlar ta’kidlashicha, bu kasalliklarni rivojlantiruvchi sabablarini bartaraf etish yo‘li bilan kasalliklanganlarni yarmini davolash mumkin. Oldini olish choralari; axolining immunitetini ko‘tarish, ona va bola salomatligini ximoyalash, mexnat gigienasini ta’minlashdir.

Shifokorlar ota-onalarga maslaxatlar berib, farzandlarini nazorat qilib turish, quloqlariga iflos suvlar kirmaslik; quloqlarga urmaslik, quloqlarga xar xil narsalar tiqmaslik; ayrim belgilar paydo bo‘lganda kasalxonaga murojaat qilishni tavfsiya qiladilar.