Foto: Interfax

– Qishloq joylardagi ayrim sogʻliqni saqlash, maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumtaʼlim maktablari yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlanmagan. Aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanishda muammolar mavjud.

2020 – 2021 yillarda ana shunday 12 mingta ijtimoiy soha obyekti, yaʼni sogʻliqni saqlash, maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumtaʼlim maktablarining yuqori tezlikdagi internetga ulanishi rejalashtirilmoqda.

Hozirgacha mamlakat boʻyicha 24 ta Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi tashkil etildi. Shundan 22 tasi 2019-yilda, 2 tasi 2020-yilda faoliyatini boshladi. Bu markazlar kompyuter va boshqa zarur jihozlar, Wi-Fi hududi bilan toʻliq taʼminlandi.

Endilikda unda tuman yoshlariga axborot texnologiyalari, dasturlash, robototexnika, kibersport asoslari va elektron tijorat kabi yoʻnalishlarda bilim va koʻnikmalar beriladi. Mazkur markazlarda oʻqishlarni samarali tashkil etish maqsadida 14-30 yoshdagilar uchun dasturlash asoslari, kompyuter grafikasi, robototexnika, veb va mobil ilovalar yaratishga oid 19 fan dasturi ishlab chiqildi. Hozirgacha 5 ming tinglovchi oʻquv kurslarini yakunladi, ayni paytda 600 tinglovchi tahsil olmoqda.

Ushbu Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarini 2020-yil yakuniga qadar 80 taga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bundan asosiy maqsad aholining kompyuter savodxonligini yana-da oshirish.