Moskva hukumati koronavirus tufayli yangi cheklovlarni joriy qilish niyati yoʻq, dedi Moskva hokimi Sergey Sobyanin “Rossiya 24” telekanali efirida.

Foto: RIA Novosti

“Bugun vaziyat juda tinch va barqaror, buyogʻiga vaksinaning chiqishini kutamiz”, – dedi Sobyanin.

Shunga qaramay, infeksiya hali toʻlaligicha yoʻqolmadi va shahar aholisi baʼzi ehtiyot choralariga rioya qilishlari kerak, deya taʼkidladi mer.

Bundan tashqari, chet eldan poytaxtga kelganlar PTSR-testini topshirganligi haqida maʼlumotnoma taqdim etishlari yoki shaharga kirib kelganidan keyin test topshirishi kerak.

Sobyanin taʼkidlashicha, shifokorlar tegishli dori paydo boʻlishi bilanoq aholini emlashni boshlashga tayyor.

“Ammo, tabiiyki, bu bizga bogʻliq emas. Sogʻliqni saqlash vazirligi vaktsinani roʻyxatdan oʻtkazishi kerak, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak. Ommaviy emlatishsiz mavsumiy kasalliklar kuchayishi bilan bogʻlik keyingi davrlardan omon oʻtib olishimiz qiyin boʻladi”, – deb tushuntirdi mer.

Merning soʻzlariga koʻra, Moskva deyarli butunlay faol hayotga qaytdi.

Oʻtgan haftaning boshidan boshlab poytaxtda attraksionlar, madaniyat va istirohat bogʻlari, hordiq chiqaruvchi tashkilotlar faoliyati qayta tiklandi.

Mavzuga doir:
Rossiya Mudofaa vazirligi koronavirusga qarshi vaksina tayyor bo‘lganini ma’lum qildi
“Rossiya amaldorlari aprel oyidayoq koronavirusdan emlangan” – Bloomberg
Rossiyada aprel oyidan beri birinchi marta 6 mingdan kam yangi infeksiya qayd etildi

Shuningdek, bolalar oromgohlari ochildi, tadbirkorlik faoliyatidagi cheklovlar olib tashlandi. Bundan tashqari, hukumat koʻchada majburiy niqob va qoʻlqop taqishni bekor qildi. Yengillashtirishning navbatdagi bosqichi 1-avgustga belgilangan.

Rossiyada koronavirus infeksiyasining tasdiqlangan holatlari soni 795,038 taga, qurbonlar esa 12,892 kishiga yetdi.